BESHRABOT — qishloq, Navoiy viloyati Navbahor tumanы markazi (1983-y. dan). Navoiy sh. dan 24 km shim. gʻarbda. Navoiy t. y. stansiyasidan 28 km narida. Beshrabotdan Konimex arigʻi oqib oʻtadi. Aholisi 5000 kishiga yaqin (2000), asosan oʻzbeklar va qoraqalpoklar. Aholisi asosan q. x. (paxtachilik, chorvachilik, polizchilik va sabzavotchilik) bilan shugʻullanadi. Beshrabotda gʻisht z-di, marmarga ishlov berish sexi ishlab turibdi.
«Farzikent» mol bozori, savdo rastalari, 2 maktab, kattalar va bolalar kasalxonasi, 2 bolalar bogʻchasi bor.