BESHMOʻYLOVDORLAR

BESHMOʻYLOVDORLAR, tilchasimonla r (Pentastomida,Lingualida) — parazit umurtqasiz hayvonlar sinfi. Boʻgʻimoyoqlilar tipining xelitseralilar kenja tipiga qoʻshimcha sinf sifatida kiritiladi. 70 dan ortiq turi maʼlum. Asosan tropik mamlakatlarda tarqalgan. Tana shakli chuvalchangsimon yoki tilchasimon, xitin bilan qoplangan, boʻgʻimsiz oldingi kalta va boʻgʻimli keyingi uzun boʻlimlardan iborat. Tanasining oldingi boʻlimida ogʻzi, ikki juft tikansimon ichaklari (yaqingacha moʻylovlar deb atalgan) va uzun keyingi boʻlimining oxirida chiqarish teshigi boʻladi. Ichagi naysimon, nafas olish va qon aylanish organlari boʻlmaydi. Ayrim jinsli. Voyaga yetgan davrida turli sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarning oʻpkasida va nafas yoʻllarida parazitlik qiladi. Keng tarqalgan turlaridan biri— burun B. (erkagining uz. 2 sm, urgʻochisi 8—13 sm) voyaga yetgan davrida it, boʻri va tulkilarning burun boʻshligʻida parazitlik qiladi. Oziq bilan oʻtxoʻr sut emizuvchilar (koramol, qoʻy, echki va b.) ichagiga tushgan tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak atrofidagi limfa bezlari, jigar va oʻpkada parazitlik qiladi. Asosiy xoʻjayinlari oraliq xoʻjayini zararlagan organlarni yeb parazitni yuqtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x