Beshbamoq

Kerakli masalliqlar:

Mol go’shti — 300 gr.
Qo’y go’shti — 300 gr.
Ot go’shti — 300 gr.
Qazi — 1 dona
Zira

Xamir

Un — 1-1,5 kg,
Tuxum 2 dona.
Nomokob suv — 1 kosa.

Tayyorlanishi:

Birinchi navbatda, qozonda, go’shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko’pikni olish kerak. Yodingizda bo’lsin! Ko’pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo’ladi.

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 ta tuxum qo’shib, xamir qoriladi. Xamir yaxshilab mushtlab, tindirib qo’yiladi. Tingan xamirimiz yupqa, bir tekisda qilib yoyiladi. Xamir qalinligi chuchvara xamiri qalinligidek (2-3 mm) buladi. Yoyilgan xamir, 8 ga 8 to’rtburchak qilib qesiladi. Xamir bo’lakchalari alohida suvda pishiriladi.

Pishgan xamirni chovli yordamida laganga suzamiz va ustiga go’shtlar qaynagan sho’rvadan quyamiz. Parrak qilib kesilgan qazi, xamda go’shtlar bilan taomni bezatamiz va dasturxonga tortamiz.

Eslatma: taomdagi go’shtlar sizning ta’bingizga qarab o’zgartirilishi mumkin. Sur go’sht bo’lsa taom yanada xushxo’r bo’ladi.

Yoqimli ishtaha!

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x