BESh BOSH

«BESh BOSH» — 20-a. boshlarida Turkistonning paxta tozalash va paxta moyi i. ch. sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlar jamiyati. 1914-y. da tashkil etilgan. «Besh bosh»da 5 paxta firmasi— «Vl. Alekseyev», «Br. Shlossberg», «Moskovskoye torgovopromoʻshlennoye tovarihestvo», «Pers», «Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura» birlashgan. Unga Turkistonning turli viloyatlarida joylashgan paxta tozalaydigan 39 ta va paxta moyi ishlab chiqaradigan 5 ta z-d qaragan. «Besh bosh» Rossiyadagi «Salo. mas» sindikatining aʼzosi boʻlgan, oʻz faoliyatida Rossiya imperiyasidagi yirik banklardan biri—RusOsiyo bankiga tayangan. «Besh bosh» Turkistonda mustamlakachilik zulmi tayanchi boʻlib kelgan. «Besh bosh» 1918-y. martoyida natsionalizatsiya qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x