BERTOLLE (Berthollet) Klod Lui (1748.9.12, Talluar, Savoyya1822.6.11, Parij) — fransuz kimyogari, Parij FA aʼzosi (1780), kimyoviy muvozanat qaqidagi taʼli. motga asos solgan olimlardan biri. Ammiak (1785), sianid kislota (1786), vodorod sulfid (1788) tarkibini aniqlagai. Gazlamalarni xlor b-n oqartirishni tavsiya etgan va uning nomi bilan yuritiladigan bertolle tuzi — kaliy xlorat (KS1O3) olish usulini kashf qilgan, uzluksizlik prinsipini kimyoga tatbiq etgan. Bertolle fransuz burjua revolyutsiyasi vaqtida oʻqdori (porox), loʻlat va b. mahsulotlar i. ch. ni yoʻlga qoʻyishda ishtirok etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые