BERSELIUS

BERSELIUS (Berselius) Yene Yakob (1779.20.8 Veversunda —1848.7.8, Stokgolm) —shved kimyogari va mineralogi. Upsal un-ti meditsina d-ri (1802). Stokgolm un-ti prof. (1807), Stokgolm FA aʼzosi (1808), prezidenti (1810) va doimiy kotibi (1818-y. dan). Atomizm nazariyasini tajribada asoslash, uni rivojlantirish va kimyoga tatbiq etishda Berseliusning xizmati katta boʻldi. Oksidlarni analiz qilib, karrali nisbatlar qonuninn boyitdi. 1818-y. 46 element atom massasi kirgan jadvalini eʼlon qildi. Berselius nazariy qarashlarining asosi kimyoviy yaqinlikning elektr tabiati haqidagi taʼlimotdir. B. Gizinger bilan birgalikda barcha tuzlar kislota va asoslardan iborat degan xulosaga keladi. Ikkala olim turli minerallarni tekshirib, 1803 i. seriyni, 1817-y. selenii, 1828-y. toriyni ochishadi. Berselius 1824—25 y. larda erkin holdagi kremniy, titan, tantal va sirkoniylarni birinchi boʻlib oldi. 1815-y. baʼzi bir organik kislotalarning formulalarini koʻrsatib berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x