BERNULLI TENGLAMASI

BERNULLI TENGLAMASI — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v b-n bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasiga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasining gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Hajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan (1738).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x