BERGSON

BERGSON (Bergson) Anri (18591941) — fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans prof. (1900). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1914). Bergson fikricha, haqiqiy va boshlangʻich reallik—metafizikkosmik jarayon, «hayotiy shiddat», ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qaramaqarshi boʻlgan intuitsiya vositasi b-n erishiladigan «davomiylik»dan tarkib topgan; materiya, ong, xotira, ruh — «davomiylik»ning turli jihatlaridir. Bergson jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilishni t«abiiy» holat, urushni muqarrar suratda yuz beradigan «tabiat qonuni», deb hisobladi. Asosiy asarlari: «Ongning bevosita maʼlumotlari» (1889), «Materiya va zehn» (1896). «Ijodiy evolyutsiya» (1907), «Axlok, va dinning ikki manbai» (1932). Nobel mukofoti laureati (1927).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x