BER Karl Maksimovich

BER Karl Maksimovich [1792.17(28).2, Estlyandiya 1876.16. (28).1, Tartu] — tabiatshunos, embriologiya asoschisi Rossiya geogr. jamoatini tuzuvchilardan biri. Ber joʻjalar embriogenezini (1829, 1837), baliklar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarning embrional rivojlanishini tekshirgan. Embrional rivojlanishning muhim bosqichi — blastulayaa tafsiflagan. Tip, sinf, turkum, oila, urugʻ va tur belgilari embrional rivojlanish jarayonida birinketin namoyon boʻlishini aniklagan. Sut emizuvchilarning tuxum hujayrasini kashf etib, notoʻgʻri tushunchalarga chek qoʻygan. Umurtqalilarning barcha asosiy aʼzolari — xorda, bosh va orqa miya, koʻz, yurak, ayirish aʼzolari, oʻpka, ovqat hazm qilish yoʻli va b. ni tadqiq qilib, ularning rivojlanish jarayonini tushuntirib bergan. Ber Novaya Zemlya o. ni, Kaspiy dengizini tadqiq qilgan. Daryo qirgʻoklarining yuvilish qonuniyatini tushuntirgan (q. Ber qonuni).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x