BELYAYEV Viktor Mixaylovich

BELYAYEV Viktor Mixaylovich (1888.25.1, Uralsk — 1968.16.2, Moskva) — rus musikdshunosi, sanʼatshunoslik fanlari d-ri, prof. (1944). 1941 — 43 y. lari Oʻzbekiston XKS huzuridagi Sanʼat ishlari boshqarmasi, Sanʼatshunoslik in-ti va Toshkent konservatoriyasida ishlagan. Rus va ajnabiy kompozitorlar ijodi, rus, oʻzbek, turkman va b. sharq xalklari musiqasiga oid tadqiqotlar muallifi. Jumladan oʻzbek millim cholgʻu asboblari, Oʻzbekistonning qad. musiqa tarixi, Shashmaqom muammolari, usullar tizimini yoritish va Xorazm tanbur chizigʻini zamonaviy notaga koʻchirishga katta hissa qushgan.

As: Muzыkalnыye instrumentы Uzbekistana, M., 1933; Muzыkalnoetnograficheskaya rabota A. F. Eyxgorna v Uzbekisane. Muzыkalnaya folkloristika v Uzbekistane, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x