BELGOROD-DNESTROVSKIY

BELGOROD-DNESTROVSKIY (1918-y. gacha va 1940 — 44 y. larda Akkerman) — Ukrainaning Odessa viloyatidagi shahar. Dnestr limanidagi port, Qora dengizdan 20 km. T. y. stansiyasi. Aholisi 57 ming kishi (1999). Belgorod-Dnestrovskiy yunonlarning qad. Tira sh. oʻrnida 9-a. da vujudga kelgan. 14-a. da moʻgʻullar egallagan va shaharni Oq-Libo deb atagan. 14-a. da genuyaliklarning Monkastro koloniyasi, 15-a. da Moldaviya knyazligi tarkibida boʻlib ChetatyaAlba deb atalgan, 1484-y. dan turklarga qarashli qalʼa, 1812-y. da Rossiya imperiyasiga qoʻshib olingan, 1918 — 40 y. larda Ruminiya tarkibida (ChetatyaAlbe) boʻlgan. Belgorod-Dnestrovskiyda goʻsht-sut, baliq-konserva. uzum vinosi, un, tibbiy buyumlar, tibbiy asboblar z-dlari, karton, mebel, tikuvchilik fkalari, qurilish materiallari k-ti, baliq sanoati texnikumi, q. x. texnikumi, tibbiyot va ped. bil im yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x