BELGIYA, Belgiya Qirolligi (flamandcha KoninKrijk Belgie. frans. Royaume de Belgique) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Shim. dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya) larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Mayd. 30,528 mingkm2. Aholisi 10 mln. 113 ming kishi (1996). Poytaxti — Bryussel sh.
Davlat tuzumi. Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831-y. da qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993-y.) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 y. muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.
Tabiati. Belgiya xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shim. gʻarbdan jan. sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻtadil, dengiz iqlimi. Yanv. da oʻrtacha tra 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 — 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular birbiri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shim. da asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. Belgiya mayd. ining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va b. yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.
Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. Belgiyada 1 mln. ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va b. lar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.
Tarixi. Qadim zamonlarda Belgiyada belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Mil. av. 57 y. da Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-a. da Belgiyaga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-a. larda Belgiya Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, Belgiya 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-a. larda Belgiya Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-a. oxiri va 15-a. da Belgiya Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477-y. dan Gabsburglar hukmronligida, 1555-y. dan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713-y. Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 y. lar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790-y. 11 yanv. da B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791-y. da Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795-y. da Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830-y. inqilobi tufayli Belgiya mustaqillikka erishdi. 20-a. boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. 1-jahon urushi davrida Belgiyaning betarafligiga qaramay, Germaniya qoʻshinlari uni bosib oldi. 2-jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sent. da Belgiya bosqinchilardan xalos boʻldi. Belgiya — 1945-y. dan BMT, 1949-y. dan NATO aʼzosi (1967-y. dan Belgiyada NATO qarorgohi joylashgan). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold I ning Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xristian xalq partiyasi, 1969-y. da tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978-y. da tashkil etilgan; «Agalev» — flamand ekologlari partiyasi, 1982-y. da tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964-y. da tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912-y. da tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945-y. da tuzilgan.
Xoʻjaligi. Belgiya dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etishga, eksportni ragʻbatlantirishga, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllabquvvatlashga, xorijiy sarmoyani jalb etishga alohida eʼtibor beriladi. Metallsozlik, mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi), kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogochsozlik, zargarlik (olmos qirralash) eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir.
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi (har bir dehqon 80 kishini boqadi). Oʻrta va mayda fermer xoʻjaliklari (90 mingta) q. x. ning asosini tashkil etadi, bir xoʻjalikning oʻrtacha yer maydoni — 15 ga. Yetakchi tarmoq — chorvachilik, u butun q. x. mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy q. x. ekinlari — bugʻdoy, arpa, sabzavot. Koʻpchilik mahsulot turlari boʻyicha q. x. ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortigʻi bilan taʼminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan q. x. mahsulotlari ichida gʻalla va meva asosiy oʻrinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va b. ham yetishtiriladi.
Transporti. Belgiya muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U t. y. (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. Belgiya hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz. ~ 1515 km. «Sabena» milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi «Zaventem» aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.
Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrnfiy muassasalari. 1988-y. dan maorif sohasi Belgiya federatsiyasi subyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Belgiyada 8 unt bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha unt markazlari, intlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Belgiyada fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz. lari: «Belang van Limburg» («Limburg manfaatlari», 1897-y. dan), «Gazet van Antverpen» («Antverpen gazetasi», 1891-y. dan), «Gazett de Bryussel» («Bryussel gazetasi», 1984-y. dan), «Liberte» («Ozodlik», 1991-y. dan); jur. lar: «Bon suare» («Xayrli oqshom», 1922-y.). B. telegraf agentligi 1920-y. tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.
Adabiyoti. Belgiya adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-a. da paydo boʻlgan. 14 — 15-a. larda tarixiy yilnomalar, salib yurishlariga bagʻishlangan rivoyat va qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygonish davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va b. lar ijodi maʼlum (15 — 16-a. lar.). 17 — 18-a. larda fransuz muhojiri E. Bryoshe de la Krua ijod etdi. Belgiya de Valef fransuz klassitsizmi taʼsirida asarlar yaratdi. 18-a. ning oʻrtalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga maʼrifatparvarlik gʻoyalarini olib kirdilar.
19-a. boshlarida Belgiyada F. Lebrussarning «Belgiyaliklar» (1810) poemasi, A. van Gasseltning kator sheʼr va dramachari, A. Sirening «Drok» (1838), «Isoning soʻnggi kuni» (1838) kabi toʻplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar 19-a. oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Sh. de Koster, E. Verxarn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Shu davr dekadentlik oqimi bilan bogʻliq boʻlgan M. Metsrlink ijodi tush kupli k ruhi bilan sugorilgan. F. Ellens, K. Byurinyo, A. Eygespars, D. Shaynert kabi adiblar ilgʻor goyalarni targʻib qildilar. Gitlerchilar bosib olgan davrda shoirlardan R. Blik (konslagerda halok boʻlgan), J. Varen, Sh. Muas, D. Shaynert, I. Gassel fashizmga qarshi, vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdilar. 50 — 60-y. lardagi bir kator asarlarda 2-jahon urushi voqealari tasvirlandi (D. Jilles, D. Shaynert romanlari va b. asarlar).
Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti (18-a. boshlarigacha flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi) 19-a. nipg 40-y. larida shoir Ya. F. Villems boshchiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratish gʻarakati avj oldi (F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar). K. Beysse («Zoʻravonning qonuni». 1893; «Pamel oilasi», 1903). S. Stryovels («Aastodagi hayot va ulnm». 1926; «Yaitye Verduur», 1944) flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-a. oxnri — 20-a. boshlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. 2-jahon urushidan soʻng bir guruh yozuvchilar tinchlik va demokratiya uchun kurashdilar. P. van Aken «Oʻliklargina qutulib qola oladilar» (1947) asarida fashizmning kirdikorlarini fosh etdi. G. Valsxap «Kongodagi qoʻzgʻolop» (1953) romanida mustamlakachilik siyosatini, M. Geysen «Doʻstim qotil» (1958) novellasi va b. asarlarida amerikacha hayotni tasvirladilar. Shoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinchlik va ijtimoiy haqiqat uchun kurash gʻoyalari b-n sugʻorilgan.
Meʼmorligi. Belgiya hududida oʻrta asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-a. larda roman (Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qoʻrgʻonlari), 13 — 14-a. larda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha Belgiya meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-a. barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va b.). 19-a. da Belgiyaning millim meʼmorligi shakllandi. 19-a. oxirida Belgiya meʼmorlikdagi «modern» uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-a. boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. 2-jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va b. meʼmorlar).
Tasvnriy sanʼati. Belgiyada 11 — 12-a. larda amaliy bezak sanʼati (bronza quymalar, zargarlik), 13 — 14-a. larda devoriy rassomlik, dastgoh sanʼati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-a. da dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a. da Belgiyada mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-a. gacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va b. 19-a. daportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va b. 20-a. da Belgiyada A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati: yogʻoch oʻymakorligi va miskarlik, kashtachilik va sh. k. rivojlangan.
Musiqasi. Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-a. lardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-a. ga kslib Belgiya musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700-y. da Bryusselda asos solingan «De la Monne» teatrida 18-a. boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-a. oxiridan Belgiya kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830-y. da mustaqil Belgiya davlati barpo boʻlgach, Belgiya musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-a. da Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. Belgiyada kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumyo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik in-ti bor.
Teatri. Belgiya hududida teatr madaniyati oʻrta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-a. larda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. «De la Monne» teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782-y. da qurilgan va keyinchalik «Dyu Park» deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870-y. dan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-a. ning 30-y. laridan Belgiya dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va b. shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900-y. larda Belgiya teatrlariga Sh. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-a. ning birinchi yarmida Belgiya teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. Belgiyada «Dyu Park», «De Galeri», «Le Rido», «De la Burs», «Qirollik milliy teatri», «Niderlandiya kamer teatri» kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor.
Kinosi. 1908-y. da Xarrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919-y. «Belgiya kinokompaniyasi». 1922 i. «Belgiya film» kinostudiyasi vujudga keldi. 20-y. larda chet el rej. lari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. Belgiya kinosining «Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar» (postanovkachi rej. lar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), «Poyezd soat sayin joʻnaydi» (rej. A. Kavan, 1962). «Vidolashuv» (rej. R. Verxavert, 1966), «Izhori dil» (1968, rej. E. Dejelen), «Bredagi uchrashuv» (1971, rej. A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. Belgiyaning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
Oʻzbekiston — B. munosabatlari. 1993 i. B. poytaxti Bryussel sh. da UzR elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996-y. iyunda Belgiya delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlari vaqtida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Belgiya ishbilarmonlari vakillarining biznes seminari ham boʻlib oʻtdi. OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning 1996-y. 12—14 poyab. da Belgiya qirolligiga qilgan rasmiy tashrifidan soʻng ikkala mamlakat urtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Tashrif davomida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Belgiyaning «Jeneral» banki oʻrtasida kredit bitami imzolandi. UzR Prezidenta bilan Belgiya bosh vaziri oʻrtasida imzolangan qoʻshma siyosiy Deklaratsiyada ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun xuquqiy iyegiz yaratildi. Oʻzbekiston b-n B. qirolligi urtasidagi muzoqaralar yakunida ikkiyoqlama soliq toʻlamaslik va daromad hamda sarmoyalarga soliq tulashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida konvensiya, shuningdek havo yoʻli toʻfisida bitim imzolandi. Mana shular natijasida ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshladi. Toshkentda Belgiya uch firmasining vakolatxonalari ochildi. Belgiyalik tadbirkorlar bilan birgalikda tuzilgan «Vita», «Assekan LTD», «Sellyuloza interprayz» qoʻshma korxonalari binokorlik materiallari, xalq isteʼmol mollari i. ch., qishloqxoʻjalikxom ashyosini kayta ishlash bilan shugʻullanmoqda. 1996-y. dan ikki mamlakat urtasidagi tovar aylanmasi kupaya boshladi. Oʻzbekiston b-n B. oʻrtasida toʻqimachilik sanoati, q. x., qurilish, sayyohlik, bank tarmogʻi. yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kabi sohalarda hamkorlik qilish istiqbollari ochilmoqda.
1994-y. da Oʻzbekiston delegatsiyasi (uning tarkibida viloyatlar va tumanlarning hokimlari bor edi) Belgiyada boʻldi. Tashrif chogʻida yengil sanoat sohasida Belgiyaning yuksak texnika va texnologiyaga ega boʻlgan yirik firmalari bilan hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi va aniq tadbirlar kelishib olindi. 1997-y. may oyida Belgiya un-ti huzuridagi Yevropa siyosati in-tining direktori Lyuvyen Kstlin MelfliʼToshkentga kelganida UzR Adliya vazirligida mamlakatimiz huquqiy taʼlim muassasalarining faoliyatini yaxshilash maqsadida Yevropadagi bir qancha mamlakatlar hukuqshunos olimlari bilan hamkorlik qilish haqida kslishib olindi.