BELBOGʻ, chorsi, qiyiqcha — belga bogʻlanadigan toʻrtburchak shakldagi mato, milliy kiyimning tarkibiy qismi. Turkistonda erkaklar kiyimi (toʻn, yaktak va b.) ustidan belga bogʻlanadi, baʼzan ikki va undan ortiq Belbogʻ bogʻlab yurish odati bor. Gulli, gulsiz matolar (boʻz, las, shoyi, atlas va b.)dan tayyorlanib kashta bilan bezatiladi. Belbogʻ bogʻlash qadimdan mavjud boʻlgan, kishilar uchun zeb, milliy urfodat tusiga aylangan. Marosimlarda, jumladan toʻyda kuyovga tun kiydirib Belbogʻ bogʻlanadi. Erkaklar, ayollar ham yaqin kishilaridan biri vafot etganda Belbogʻ bogʻlashadi. Yoshlar bezakli, rangdor Belbogʻ, qariyalar esa oq matodan tikilgan sidirgʻa Belbogʻ bogʻlaydilar. Belbogʻ asosiy vazifasidan tashkari boshqa vazifalarni ham oʻtagan: orasiga maydachuyda narsalar solib bogʻlangan; uzoq safarlarda dasturxon yoki sochiq vazifasini oʻtagan, joynamoz vazifasini ham bajargan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые