BEKOBOD

BEKOBODToshkent viloyatidagi shahar (1954-y. dan). Toshkentdan 189 km jan. da, Dalvarzin choʻlining jan. sharqida. Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida. T. y. stansiyasi. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shim.

sharq va jan. sharqdan togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28 — 30°, yanv. niki —2, —3°. Yiliga 300 mm dan ziyod yogʻin tushadi. Aholisi 85,4 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tatar, koreys, qozoq, tojik va b. ham yashaydi. Bekobod yaqinidan Dalvarzin va Doʻstlik kanallari boshlanadi. B. OʻzRning industriya markazlaridan biri. 1942-y. metallurgiya z-di kurila boshladi. Oʻrta Osiyodagi bu yagona qora metallurgiya markazi 1944-y. dastlabki poʻlat va 1946-y. birinchi prokat berdi. Sement k-ti, temirbeton buyumlari (sugʻorish novlari va b.), qum-shagʻal, gʻisht, paxta, sut va non z-dlari, goʻsht k-ti va b. bor. Shahar yaqinida 1943-y. Farhod GES qurilgan. Bekobodda industriya texnikumi, tibbiyot bilim yurti, 17 umumiy taʼlim maktabi, 2 musiqa va sport maktab lari, 11 ommaviy kutubxona, 1 klub, 4 madaniyat uyi, metallurgiya madaniyat saroyi. muzey, 7 kasalxona bor (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x