BEHZOD Kamoliddin (1455— Hirot — 1536) —buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. «Ikkinchi Moniy» degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod b-n band boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda—Navoiy va b. sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.
Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487-y. Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar «Nigorxonayi Behyud» yoki «Behzod akademiyasi» deb ataganlar (q. Hirot minniatyura moktabi). Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻddi, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining—Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va b. ning chexrakushoy (portret)larini yaratdi, bir guruhyoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi.
1507—10 y. larda B. Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-y. Hirot sh. safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-y. da Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz sh. ga taklif etadi, 1522-y. esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va b.)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-y. Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda B. Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining oxirida ona shaxri Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtor (Murod togʻi; Afganistan xududida)ning xushmanzara joyida.
Oʻrta Sharkda 17-a. gacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, histuygʻulari, xulqatvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.
Saʼdiyning «Boʻston» asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari; Attorning «Mantiq uttayr» asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-y. chizilgan rasmlar; Navoiyning X«amsa» qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning «Paygʻambar oʻz sahobalari bilan», «Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda», «Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda» va b. miniatyuralar Behzodga nisbat beriladi. Saʼdiyning «Boʻston» asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan)—12 rasmdan 6 tasida Behzod imzosi bor: «Sulton Husayn saroyida ziyofat» (qoʻsh rasm), «Doro va otboqarlar», «Masjiddagi bahs», «Olimlar suhbati», «Zulayhoning Yusufga iltijosi» nomli rasmlar Behzod tomonidan yaratilgan; Sharafuddin Ali Yazdiyning Za«farnoma» asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins untida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8 tasi (15-a. 90-y.
lari) B. asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim mayejidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud; Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarining xattot Sulton Muxammed Hyp koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan; Nizomiyning «Xamsa» asari nusxasiga (1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535-y. lar davomida ishlangan 19 miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli: «Layli va Majnun qabilalari jangi», «Suvoriylar jangi» va «Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi». Bularda «Savarraxu alabd Behzod» degan yozuv bor. Nizomiyning «Xamsa» asari nusxasidagi (1494, Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan; Amir Xusrav Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostoni qoʻlyozmasiga (1495t SanktPeterburgdagi SaltikovShchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod «Layli va Majnun maktabda», «Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar» nomli rasmlarni chizgan; Amir Xusrav Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostonining Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (SanktPeterburg) da Behzodga nisbat berilgan «Madrasadagi bahs», «Layli va Majnun maktabda», «Layli va Majnun sahroda», «Majnun Laylining iti bilan» va «Majnunning elchisi Layli huzurida» nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning «Guliston» asari qoʻlyozmasining (1486, Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan; Amir Xusrav Dexlaviyning «Xamsa» asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud; «Sulton Husayn bogʻda» qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, muraqqada); «Chol va yigit» rasmi (NyuYorkdagi Kevorkyan majmuasida); «Tuyalar olishuvi» rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida); Sulton Husayn portreti (Shvetsiyadagi F. Martin majmuasida); Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken Burnet majmuasida); Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida); «Sulton Husayn va Alisher Navoiy» qoʻshaloqrasm (SanktPeterburgda). Bulardan tashqari, Behzod asarlari jahrn ku Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning «Xamsa» asariga Behzod ishlagan miniatyura). tubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida B. Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi (q. Behzod miniatyura maktabi).
Behzod ijodi va merosi sanʼatshunoslar, rassomlar tomonidan keng oʻrganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, Oʻzbekiston Prezidenta Islom Karimovning farmoni (1997-y. 23 yanv.)ga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi; Milliy rassomlik va dizayn institutita Behzod nomi berildi.
OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori (1997-y. 23 dek.)ga binoan, Toshkent, Samarqand sh. larida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545-y. ligi keng nishonlandi (2000-y. noyab.), uning va izdoshlarining ijodini oʻrganish, merosiga oid ashyolarni toʻplashga hamda Toshkent sh. da Behzod nomidagi memorial bogʻ barpo etishga kirishildi. 2000-y. 23 noyab. da Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bagʻishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston sanʼatshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi. Yubiley munosabati bilan Behzod hayoti va ijodiga bagʻishlangan bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, «Kamoliddin Behzod» hujjatli filmi yaratildi (2 qismli, 2000).
Ad:. Norqulov N., Kamoliddin Behzod, T., 1964; Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar (Albom muallifi Hamid Sulaymon), T., 1970; Norqulov N., Nizomitdinov I., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970;Usmonov A., Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi, T., 1977; Kamaliddin Bexzad: K 525 letiyu so dnya rojdeniya. Materialы nauchnoy konferensii, T., 1984; Ashrafi M. M., Bexzad i razvitiye buxarskoy shkolы 16v., Dushanbe, 1987; Usmonov O., MadraimovA., Kamoliddin Behzod, T., 2000; Koʻziyev T., Behzod va tamaddun. T., 2000.
Abdumajid Madraimov.