BAZM

BAZMtoʻy munosabati bilan katta uy yoki keng hovli sahnida oʻtkaziladigan tomosha, katta mehmondorchilik, ziyofat, kecha. Bazmlar odatda sozandaxonanda, nogʻorachi, surnaychikarnaychilar, raqqos va raqqosalar, askiyabozlar ishtirokida oʻtkaziladi. Bazm juda qadim zamonlardan rasm boʻlgan. Bazm mazmuni, ishtirokchilari va Bazm dagi cholgʻu asboblariga qarab bir qancha turlarga boʻlinadi. Nogʻora, doira, oʻyinchilar ishtirokida oʻtkaziladigan toʻy Bazmi «Nogʻora Bazm» deyiladi. Kelinning dugonalari, tengqurlari yigʻini «Qizlar Bazm i» (baʼzi joylarda «Qizlar majlisi») deyiladi. Oʻzbek va tojiklarda Bazmning maxsus taklifsiz, hamma qatnashadigan turi «Doira xabar qiladigan Bazm» ham bor (odamlar doira ovozini eshitib, oʻzlari kelaveradilar). Ishtirokchilari koʻp, ziyofati toʻkin «B. i Jamshid» (shoh Jamshidning dabdabali B. lariga nisbatan), yaqin kishilar oʻrtasida yoki kuy va ashula ishqibozlari uchun musiqachilar uyushtiradigan B. «Bazm xosagi» deyiladi. Oʻtmishda xon va amirlar saroyida oʻtkaziladigan B. lar sanʼat asarlarini xalq orasida keng yoyishga xizmat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x