BAYZO (arab. — oq rangli, yaltiroq) — qad. poʻlatning bir turi. Sifat jihatdan isfahon poʻlatidan (q. Bulat) soʻng 2-oʻrinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy poʻlat oʻtda qizdirilib, sandonga ikkisi ustmaust qoʻyiladi, bolgʻa va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxm. oʻndan bir qismi poʻlat jismiga singunga qadar davom ettiriladi. Shunda u yaltirab, «xol» tashlab turadi. Bayzodan pichoq, qilich, xanjar tigʻlari yasalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые