BAYTQOʻRGʻONIY

BAYTQOʻRGʻONIY — oʻrtapishar qovun navi (Toshkent sh. yaqinidagi Baytqoʻrgʻon qishlogʻi nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uz. 30 — 36 sm, ogʻirligi 4 — 6 kg. Sirti tekis, dagʻalroq, yoppasiga toʻr bilan qoplangan, tusi sariq. Poʻsti qalin, eti oq, yumshoq, sershira, qalinligi 4,5 — 5 sm. Urugʻi unib chiqqanidan soʻng 85 — 93 kunda pishadi. Tarkibida 7,3 — 9,4% qand bor. Hosildorligi 200 — 300 s. ga. Uzoq joylarga yuborish va saqlashga chidamli. B. Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi (q. Qovun).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x