Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz onalar, opalar hamda singillar!

Ushbu she’rimni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlayman.Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz onalar, opalar hamda singillar!

Oila faxrisiz aziz onalar

Dunyoda eng buyuk aziz ulug‘ zot,
Onalar sizlar bor go‘zaldir hayot.
Bahordek umringiz yashnasin doim,
Oila faxrisiz yashang baxtli shod!

Jamoada ter to‘kar, chekadi zahmat,
Ro‘zg‘orda tinmas ayollar rahmat!
Yor bo‘lsin shodlik hamisha omad,
Baxtimizga bo‘ling doim salomat.

Madhingizga qalam ojizdir nazm,
Bayram gul ila aylaymiz ta’zim.
Mehringiz o‘lmas sochar bir nasm,
Muhabbati ila umr fayzli so‘lim.

Navoiy Bobur ham olgandir mehr,
Olamga baxsh etgan ruhiy bir surur,
Dunyoni yashnatib taratayotgan nur,
Rahmat azizlar yashang shodon hur!

Onalar duosidan o‘sgay shoningiz,
To‘marisdek nurli jasur oningiz.
Mazmunlarga to‘la kunlar tongingiz,
Bo‘lmasin onalar hech armoningiz!

✍️ Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x