BAYHAQIY

BAYHAQIY Zahiriddin Abulhasan Ali ibn Zayd (1106, Sabzavor — 1174) — olim, tabib va shoir. 1142 — 54 y. larda Nishopurning bir necha masjidlarida mudarrislik qilgan. Chuqur bilimi va yuksak insoniy fazilatlari tufayli xalq hurmatini qozongan. Bayhaqiy arab va fors tilida 70 dan ortiq asar yozgan boʻlib, ulardan eng mashhurlari — «Kitob al-aruz» («Aruz kitobi»), «Kitob azhor ashjor al-ashʼor» («Sheʼriyat daraxtlari gullari haqida kitob»), «Kitob atimat al-marzo» («Xastalar taomi haqida kitob»), «Kitob asomiy al-adviya va xavosiho va manofiʼiho» («Doridarmonlar nomi, xususiyati va foydalari haqida kitob»), «Kitob fil-hisob» («Hisob haqida kitob»), «Mashorib attajorib» («Tajribalar manbai»), «Tarixi Bayhaq» («Bayhaq viloyati tarixi»), «Tatimma «Sivon alhikma» («Hikmat javoni»ni toʻldiruvchi kitob»), «Javomiʼ ahkom an-nujum» («Yulduzlar harakati qonuniyatlari») va b. Bulardan «Tatimma «Sivon alhikma» Assijistoniyning S«ivon al-hikma» («Hikmat javoni») nomli asarini toʻldiruvchi bir kitob boʻlib, oʻrta asrlarda islom olamida mashhur ensiklopedik asarlar sirasiga kiradi. Unda 10 — 12-a. larda Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan 111 yirik allomaning tarjimayi holi b-n bir qatorda tarixiy, joʻgʻrofiy va etnografik maʼlumotlar ham mavjud. «Tatimma «Sivon al-hikma», «Tarixi Bayhaq» va «Javomiʼ ahkom an-nujum» asarlarining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x