BAXTIYORIY

BAXTIYORIY — xoʻraki hamda vinobop jaydari uzum navi. Tup i kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (boʻyi 18 — 21 sm, eni 22 — 23 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, cheti bir oz yuqoriga qaytarilgan, mayda arra tishli, tuksiz. Uzum boshi silindrkonussimon, katta (boʻyi 20 – 25 sm, eni 10 – 20 sm), oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 500—600 g. Gʻujumi oʻrtacha (14 — 20 mm), tuxum shaklida, sargʻish-yashil, etdor va sershira, poʻsti yupqa. Sent. boshlarida pi-shadi. Tarkibidagi qand 18 — 19%. Hosildorligi 120 — 140 s/ga. Bu nav qurgʻoqchilikka ancha chidamli, shuning uchun lalmikor yerlarda yaxshi oʻsadi. So-vuqqa chidami oʻrtacha. Samarqand viloyatida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x