BAXMAL

BAXMAL, ola baxmal, duxoba — mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sunʼiy ipakdan, zamini ip yoki kanopdan toʻqiladi. Baxmal toʻqishda ikkita oʻrish ipi ishlatiladi: biri zamin, ikkinchisi esa pat hosil qiladi. Ikkinchi oʻrish iplari birinchisidan 4 — 6-marta uzun boʻladi, chunki ish jarayonida bu iplar arqoq oʻrniga kiritilgan asos atrofida tugma bandlar hosil qiladi, soʻngra bandlar maxsus pichoq bilan kesilganda hurpayib, patlar hosil qiladi. Oʻzbekiston (Buxoro va Samarqand)da qadimdan ishlab chiqariladi. Boburning maʼlumotiga koʻra, Samarqand jahondagi koʻpgina mamlakatlarga och qizil B. chiqarib sotgan. Baxmal Ishlab chiqarish Buxoroda, ayniqsa, 19-a. da rivojlangan. Baxmal koʻpincha xandasiy va abrli naqshlar bilan bezatilgan. Abrli Baxmalda naqshlar ikkinchi oʻrish iplarida hosil qilinadi. Baxmal 20-a. ning 20-ylaridan toʻquv dastgohparida ishlab chikarila boshladi. Oʻzbekiston (Samarqand shoyi toʻqish f-kasi)da 50-y. lardan Baxmalning uzun (6 mm) patli gʻijim duxoba (pati bir tekis boʻlmay, gajimlangan kabi tovlanib turadi) va taqir duxoba (pati 1 — 2 mm) kabi siyrakroq toʻqilgan xillari ishlab chiqariladi. Keyingi yillarda Baxmal gazlamalarning silliq, guldor, siqiq, bosma va b. turlari ishlanmoqda. Zamonaviy Baxmallar nakshlari tayyor gazmol ustiga bosilishi (abrbandi usuli qoʻllanmasligi) bilan 20-a. boshlarigacha toʻqilgan Baxmal lardan farq qiladi. f-kada toʻqilgan Baxmal lardan kiyim-kechak, doʻppi, soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, dasturxon, koʻrpa va koʻrpachalar tayyorlanadi, mebellarni qoplashda, interyerlarni bezashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x