BAXILTOGʻ

BAXILTOGʻSamarqand viloyatining shim.-gʻarbidagi togʻ. Nurota togʻ tizimida, Oqtov tizmasining gʻarbiy davomi. Uz. 50 km. Eng baland joyi 2000 m. Gʻarbga tomon pasayib boradi (1000 m). Nurota togʻ oraligʻi botigʻiga qaragan shim. yon bagʻri ancha tik va oʻydim-chuqur. Baxiltogʻning oʻq qismi quyi paleozoyning metamorfik ohaktoshlaridan, etaklari boʻr, paleogen va koʻproq toʻrtlamchi davr yotqiziklaridan tashkil topgan. Yuqori paleozoy da yuz bergan gersin burmalanishida quruklikka aylangan va alp burmalanishi davri (paleogen oxiri)da yuvilgan. Neogen (miotsen va pliotsen)dagi alp burmalanishida yemirilgan. Shim. yon bagʻirlarida tuproq va oʻsimlik qoplamlari mutlaqo yoʻq. Jan. yon bagʻirlarida karbonatli jigarrang va toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan boʻlib, bugʻdoyiq, togʻ-rayxon, kiyikoʻt, togʻ piyozi, shuvoq, kovrak va b. oʻsadi. Soylar oraligʻidagi suvayirgʻichlarda qoʻngʻirbosh, togʻterak, karrak uchraydi. Yon bagʻirlarining kuyi qismi darasimon vodiylar boʻlib, ularda faqat bahorda vaqtincha suv oqadi. Oqxargul, bodom, zarquloq, tuyasingren kabi oʻsimliklar tarqalgan. Togʻ yon bagʻrilarining oʻydimchuqurligi, oqar suvlarning yoʻkdigi va yaylovlarda oʻsimlik kamligi tufayli mahalliy aholi uni Baxiltogʻ deb ataydi. Chorvachilikda ahamiyati kam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x