BAVOSIR

BAVOSIR, gemorroy — toʻgʻri ichakning pastki qismi, xususan orqa chiqaruv yoʻli venalarining tuguntugun boʻlib kengayishi. Intoksikatsiya, allergiya, mexanik taʼsirotlar: venalarning oʻsma, ayollarda homilali bachadon bilan ezilishi, uzoq muddat oyoqda yurib yoki oʻtirib ishlash, ovqatga ruju qilish, alkogolizm, surunkali qabziyat, shuningdek ichki aʼzolarning turli kasalliklari va b. sabab boʻladi. Bavosir avj olishida irsiy moyillik ham maʼlum ahamiyatga ega. Kechishiga koʻra oʻtkir, surunkali, qaytalaydigan, tugunlar orqa chiqaruv teshigida joylashishiga qarab tashqi, ichki va aralash xillari tafovut qilinadi. Orqa chiqaruv yoʻli sohasida biror narsa tiqilgandek ogʻirlik, achishish, qichishish, baʼzan hojat chogʻida ogʻriq kuzatiladi; keyinchalik gemorroidal qon ketishi mumkin (najasda qon boʻladi). Agar Bavosirda gemorroidal tugunlar tiqilib qolsa yoki yalligʻlansa, qattiq ogʻriq beradi, harorat koʻtariladi, qabziyat kuzatiladi. Vaqtida oldi olinmasa, uzoq vaqt qon ketib yurishi — kamqonlikka, ichki gemorroidal tugunlar tushishi yoki qisilishiga olib keladi. Bavosirni davolashda vanna qabul qilish, ogʻriq qoldiruvchi shamcha qoʻyish tavsiya etiladi, parhez buyuriladi. Ogʻirroq hollarda jarrohlik usuli qoʻllaniladi. Bavosirning oldini olish uchun qabziyatga yoʻl qoʻymaslik; hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini iliq suv bilan yuvishga odatlanish, kam harakat kishilar badantarbiya bilan shugʻullanishlari lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x