BASTARDO

BASTARDO — Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Uzum boshi silindr konussimon shaklda, kichik (boʻyi 8 — 12 sm, eni 6 — 8 sm), tigʻiz, bandi qisqa, vazni 90 — 120 g. Gʻujumi mayda (8 — 12 mm), dumaloq, qora, sershira, pusti pishiq. Faol harorat yigʻindisi 2900 — 3100° boʻlganda 145 — 150 kunda pishadi. Sent. ning 2-yarmida yetiladi, tarkibidagi qand 28 — 32% ga yetadi. Hosiddorligi 100 — 120 s/ ga. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Kasallik va zararkunandalarga chidami past. Novdalari oʻrtacha uzunlikda kesilib, kamroq qoldiriladi. Bastardo bilan Saperavi navini chatishtirib chiqarilgan Magarach bastardosi navi (I. V. Papanov) koʻproq ekiladi (q. Tok.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x