BARSTERLAR

BARSTERLAR — muayyan davr bilan rentgen diapazonida chaqnab turuvchi yulduzlar. Birinchi bor 1975-y. da atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida topilgan. Barsterlar rentgen manbalari hisoblanadi; ular nurlanishining fotonlari energiya 1 — 20 keV. B. chaqnashning qaytarilishi davri bir necha soatdan to bir necha kungacha boʻlgan oraliqda. Chaqnashlar orasidagi vaqt oraligʻi 30 — 50% gacha asta oʻzgarib turadi. Chaqnashlar vaqtidagi nurlanish energiyasi ular oraligʻida tarqaladigan nurlanish energiyasidan taxm. 100-marta kam. Hozirgacha 50 dan ortiq Barsterlar batafsil oʻrganib chiqilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Barsterlar massasi Quyosh massasiga yaqin boʻlgan neytron yulduz boʻlib, uning atrofida akkretsiya hodisasi sodir boʻlmoqda. Bunday hodisa qoʻshaloq yulduzlarda yuz berib, oddiy qoʻshni yulduzdan neytron yulduzga massa oqimi jarayoni b-n bogʻliq. Natijada neytron yulduz yaqinida qalinligi bir necha oʻn metr boʻlgan akkretsion disk vujudga keladi. Akkretsiya jarayonida disk harorati oshib borib, uning qiymati 3-108 K ga yetishi bilan qisqa vaqt ichida geliy moddasining yonishi yuz beradi va bu rentgen chaqnashini koʻrsatadi. Demak, Barsterlarning chaqnash mexanizmi termoyadro portlashi bilan tushuntirilishi lozim. Chaqnashdan soʻng akkretsion diskda massasi 1015 t. geliy yigʻilishi bilan u bir necha sekundda yonib, Yerda yana rentgen chaqnashi kuzatiladi.

Ad.: Nuritdinov S. N., Galaktika tuzilishi va fizikasi, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x