BAROT XOJA KOʻKALTOSH

BAROT XOJA KOʻKALTOSH (71393) — Amir Temur beklaridan. 1366— 70 y. lar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, koʻpchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga oʻtgan va qoʻshin begi vazifasini bajargan. «Uch yillik yurish» (1386—88) paytida Barot xoja koʻkaltosh. K. bir necha amirlar bilan birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. Toʻxtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387-y. oxiri — 1388-y. boshi) Barot xoja koʻkaltosh. K. sustkashlik koʻrsatgani bois, Amir Temur 1388-y. fev. da safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-moʻylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq Barot xoja koʻkaltosh. K. keyingi faoliyati bilan oʻzini toʻla oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392-y. bahorida gʻaznaviylarning «Gʻazni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha» boʻlgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida Barot xoja koʻkaltosh. K. ni ham bergan. «Besh yillik yurish» paytida, 1393-y. iyulida Gʻarbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok boʻlgan.

Ashraf Ahmedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x