BAROQXON (toʻliq ismi — Baroqxon ibn Eson Tuva ibn Mutugen ibn Chigʻatoy) (? — 1271) — Chigʻatoy ulusi xoni (1266 — 71). Jamol Qarshiyning yozishicha, 1266-y. Ohangaron vodiysida Chigʻatoy avlodlaridan birinchi boʻlib islomga kirgan Muborakshoh oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Shu tariqa birinchi marta Chigʻatoy ulusiga moʻgʻullar davlati oliy hukmdori tayinlamagan kishi xon boʻladi. Bundan gʻazablangan oliy hukmdor Xubilay B. ni Turkistonga joʻnatadi. U dastlabki vaqtlarda oʻzining xon qilib yuborilgani xususidagi yorliqni yashirib, goʻyo boshpana izlab kelgandek Surxondaryoga — qarindoshlari huzuriga boradi va asta-sekin moʻgʻullardan qoʻshin toʻplay boshlaydi. 1266-y. sent. da B. Muborakshoh qoʻshini bilan jang qilib, uni asir oladi va Oʻzganda oʻzini Chigʻatoy ulusi xoni deb eʼlon qiladi. Ammo, Baroqxon tez orada Xubilay qoonga itoat qilmay qoʻyadi. Shu bois Xubilay unga qarshi qoʻshin yuboradi, B. Sharqiy Turkistonda Xubilay qoʻshinini tor-mor keltiradi. Shu vaqt chingiziylardan Xaydu markaziy hokimiyat bilan Baroqxon oʻrtasidagi qaramaqarshiliklardan foydalanib Yettisuv va Sirdaryoning sharqidagi yerlarni bosib olish taraddudiga tushadi. Natijada 1268-y. har ikki tomon qoʻshinlari toʻqnashib, Baroqxon yengiladi. Ammo, Xaydu uni taʼqib etmay, kelasi yili bahorda qurultoyga kelishni va oʻrtadagi raqobatga chek qoʻyib, sulh tuzishni taklif qiladi. 1269-y. bahorida qurultoy chaqirilib, unda sulh tuziladi va Xaydu bilan Baroqxon tasarrufidagi yerlar chegarasi aniq belgilab olinadi. Baroqxon vafot etgach, oʻrniga oʻgʻli Tuva (Duva) taxtga oʻtiradi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии