BARIT

BARIT (yun. bans — ogʻir) — ogʻir shpat, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi BaSO4. Rombik singoniyada kristallanadi. Rangsiz yoki oq, bir oz yashil yoki qizil rang aralashgan boʻladi. Qattiqligi 3,5 — 3,8, moʻrt. S. or. 4,5. Odatda yirik kristalli massa hamda zich donador agregatlar koʻrinishida uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Baritning yirik konlari Gruziya, Qozogʻiston, Turkmaniston, – shuningdek Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina (Zakarpatye, Donbass)da bor. Oʻzbekistonning Nurota, Chatqol-Qurama togʻlarida topilgan. Barit parmalash ishlari, tibbiyot, rezina va qogʻoz i. ch., pirotexnika, koʻnchilikda, oziq-ovqat sanoati, kulolchilik, oq boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x