BARGUZIN TIZMASI — Sharqiy Sibir (Buryatiya)dagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohilida. Granit, gneys kabi jinslardan iborat. Uz. 280 km. Oʻrtacha bal. 2000 m, eng baland joyi — 2840 m. Yon bagʻirlari tayga oʻrmonlari, yuqori qismi subalp va alp oʻtloqlari va soʻngra togʻ tundrasi b-n qoplangan. Barguzin tizmasi yon bagʻrida Barguzin qoʻriqxonasi, mineral buloqlar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые