BARENS DENGIZI

BARENS DENGIZI — Shim. Muz okeanining eng chekka dengizi. Yevropaning shim. materik qirgʻogʻi bilan Frans-Iosif Yeri, Vaygach, Shpisbergen, Novaya Zemlya va Medvejiy o. lari oraligʻida. Dengiz sayyohi V. Barens nomi bilan atalgan. Mayd. 1424 ming km2. Oʻrtacha suv xajmi 282 ming km3, oʻrtacha chuq. 360 dan 400 m gacha, eng chuqur joyi 600 m. Qirgʻoq chizigʻi notekis, baland qoyali, qoʻltiq va qoʻltiqchalar (Chyosha, Pechora, Xaypudir va b.) koʻp. Dengizda orollar kam. Eng kattasi — Kolguyev o. B. d. ga materikdan yiliga 163 km3 suv quyiladi, shundan 70% ini Pechora daryosi olib keladi, Indiga daryosi ham Barens dengiziga quyiladi. Porsangerfyord, Varangerfyord, Motovskiy, Kola va b. qoʻltiqlari bor. B. d. iqlimi arktika iqlimiga mansub, lekin Golfstrim oqimi taʼsirida qishi iliqroq. Havoning oʻrtacha t-rasi fev. da shim. da — 20° dan — 25°gacha, jan.-gʻarbda — 4°; avg. da shim. da 0°; jan.-gʻarbda 10°. Yogʻin miqdori shim. dan (250 mm) jan.gʻarbga qarab ortib boradi (500 mm). Barens dengizi suvining shoʻrligi 32 — 35%o. Yil davomida dengizning faqat jan.-gʻarbiy qismi iliq Nordkap oqimi taʼsiridan muzlamaydi. Boshqa qismlari qishda qalin muz bilan qoplanadi, shim. da muz yil boʻyi erimaydi. Barens dengizida oq ayiq, nerpa, Grenlandiya tyuleni, beluxa, kosatka, narval yashaydi, qirgʻoqlarida qushlar «bozori» bor. Barens dengizidan treska, piksha, dengiz okuni, seld, kambala, paltus kabi baliqlar ovlanadi. Kola ya. o. ning shim. da, Barens dengizi sohilida Rossiyaning muzlamaydigan port shahri — Murmansk va Norvegiyaning Varde porti joylashgan. Barens dengizi tashqi yuk oborotida transport, baliqchilikda katta axamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x