BAQORILAR (Plecoptera) — eng qad. hasharotlar turkumi. Perm davridan maʼlum. Qanotlari ikki juft, toʻrsimon va shaffof, yoyilganida 10 — 80 mm keladi. Boshi yirik, moʻylovlari uzun. ogʻiz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. Koʻpchilik turlarining yetuklik davrida ogʻiz organlari reduksiyaga uchraydi. Lichinkasi suvda, yetuk davrida quruqlikda yashaydi. U 1 — 3 yil davomida rivojlanib, voyaga yetadi. Yetuk davrida bir necha kundan bir necha haftagacha yashaydi. Urgʻochisi suv ustida uchib yurib, tuxumini suvga tashlaydi. Tuxumlari suv tubida rivojlanadi. Voyaga yetayotgan lichinkalar suvdan chiqib tullaydi va qanot chiqarib, yetuk hasharotga aylanadi. Koʻpchilik turlarining qanotlik davri bahor fasliga toʻgʻri keladi. Yetuk hasharotlar tuxum qoʻyib halok boʻladi. Baqorilar ifloslanmagan oqar suvlarda, ayniqsa togʻ daryolari va soylari tubida (bentosda) koʻp uchraydi. Suvdagi har xil mikroorganizmlar bilan oziklanadi, ayrim turlari yirtqich. Baqorilarning 2000 ga yaqin, jumladan Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiqturi maʼlum. Koʻpchilik turlari Oʻrta Osiyo faunasi uchun endemik xisoblanadi. Oʻzbekistonda 25 ga yaqin turi (6 oilasi) tarqalgan. Baqorilar baliqlarning asosiy ozigʻi gʻisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые