BAQO VA FANO

BAQO VA FANO (arab, baqo – boqiylik, barqarorlik; fano — foniylik, yoʻqolish, oʻtkinchilik) — oʻrta asr Sharq falsafasidagi tushuncha. Cheksizlik va cheklilik maʼnosida qoʻllanilgan. Islom dinida baqoAlloh sifatlaridan biri. Baqo — barcha yaxshi sifatlarni oʻzida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano — oʻzidagi barcha yomon sifatlarni yoʻq qilish yoʻli bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Sufiylikda fano maqomiga yetgach solik Allohning haqdigi va ulugʻligi toʻgʻrisidagi fikru zikrga gʻarq boʻlib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom «fano filloh» deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x