DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar: 1 dona baqlajon, 1 dona xamir qatlamasi, 80 gramm sariyog‘, 150 gramm shakar, 1/8 choy qoshiq tuz, 2/1 choy qoshiq garmdori.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa
Tayyorlanishi:
- Xamir qatlamasini pishirish uchun mos shaklda yoyiladi va sovutkichga qo‘yiladi.
- Baqlajonning po‘sti tozalanadi.
- Baqlajonni qayroqcha shaklida bo‘laklarga ajratiladi.
- Sariyog‘ tovaga solinib, ustidan shakar, tuz va garmdori solinadi.
- Baqlajon bo‘laklarini tovaga bir qavat qilib joylashtiriladi.
- Baqlajonni 20 daqiqa o‘rtacha olovda karamel holatiga kelguncha pishiriladi.
- Tovani 220 gradus issiqlikda, 20 daqiqaga duxovkaga qo‘yiladi.
- Baqlajon ustiga xamir yopilib, yana 25 daqiqa 200 S° issiqlikda tillarang tusga kirguncha pishiriladi.
- Pirog duxovkadan olinib, 5–10 daqiqa sovutiladi va dasturxonga tortiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/baqlajonli-pirog/