BAOBAB

BAOBAB (Adansonia digitata) — bombakdoshlar oilasiga mansub daraxt. Afrika savannalarida oʻsadi. Panjasimon murakkab barglari yilning qurgʻoq issiq faslida toʻqiladi. Guli yirik (diametri 20 sm), oq. Bodringsimon mevalari yilning issiq paytida pishadi. Baobab boʻyi 10—12 m boʻlsada, shox-shabbasi katta (aylanasi 45 m) maydonni egallaydi. Tanasining diametri 4 — 10 m, 4 — 5 ming yil umr koʻradi. Poʻstlogʻi arqon eshish, dagʻal gazlama toʻqishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x