BANSKA-BISTRITSA

BANSKA-BISTRITSA — Slovakiyadagi shahar, Gron daryosi boʻyida. Aholisi 73 ming kishi (1984). T. y. tuguni. Mashinasozlik (stanoksozlik), elektrotexnika, rangli metallurgiya, kimyo-farmatsevtika sanoati; yogʻochsozlik, sement, toʻqimachilik (asosan jun gazlama) va oziq-ovqat korxonalari bor. Gitler bosqinchilariga qarshi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni markazi (1944-y.) boʻlgan. Gotika cherkovi (13 – a.), Ratusha (16 — 17-a. lar) saqlangan. Xalq teatri bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x