BANKROTLIK, (ital. — singan kursi) , s i n i sh — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va b. fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. Bankrotlik, odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. Bankrotlikga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida Bankrotlik tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987-y. dan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. Bankrotlik amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida Bankrotlikga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va b. Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi OʻzRning 1994-y. 5-mayda qabul qilingan «Bankrotlik toʻgʻrisida» Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi). Vladimir Shevsov, Abdurahim Ortiqov.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии