BANK FOIZ STAVKASI

BANK FOIZ STAVKASIbank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq. Tijorat va davlat banklari Markaziy (milliy) bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan Bank foiz stavkasi miqdori foiz stavkalarning butun bir tizimini tashkil etadi. Davlat shu tizimga investitsiyalar darajasi va pul muomalasini tartibga soladigan yoʻnalishda taʼsir koʻrsatadi, yaʼni qulay iqtisodiy konyunkturani yaratadi. Bank foiz stavkasi karzning kaysi tarzda va qanday berilishiga ham bogʻliq. Uzoq muddatli qarzning Bank foiz stavkasi past, qisqa muddatlisiniki yuqori boʻladi. Qarz yordam tarzida berilganda ham Bank foiz stavkasi imtiyozli boʻladi. Agar korxona va tashkilotlarni oʻz qoʻlidagi mablagʻni yaxshi ishlatishga undash zarur boʻlsa, Bank foiz stavkasi oshiriladi. Bank foiz stavkasining minimal va maksimal darajasi bor. Minimal darajadagi Bank foiz stavkasi bankning xarajatlarini qoplab, zarar koʻrmasligini taʼminlashi kerak, maksimali esa bankka el qatori foyda koʻrishni taʼminlashi lozim. Bank omonat (depozit)lar uchun toʻlaydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past boʻladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini taʼminlaydi (yana q. Hisob foizi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x