BANDURA (polyakcha bandura, yun. pandura — uch torli sitra) — chertma soz. B. ning past tovushli asosiy uzunroq torlari joʻrnavozlik xizmatini oʻtaydi. Baland tovushli, koʻpgina qisqa torlari kuy hosil qiladi. Bandura torlari barmoqlar b-n tirnab chertiladi. Xonanda-sozanda (bandurachi-kobzachi)lar qoʻshiqlarini Bandura joʻrnavozligida ijro etishgan (qadimda Banduralar kobza deb atalgan).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые