BALXI GUMBAZ

BALXI GUMBAZ — gumbazning sodda turi. Toʻgʻri toʻrtburchak va murabba tarhli xonalar devori ustiga oʻrnatiladi. Balxi gumbaz koʻpincha past tomli binolarda (hammom, suv ombori va qaznoqlarda) qoʻllaniladi. Gumbazli bino xonalarining tarhida koʻrsatilgan shakliga putur yetkazmagan holda yopilgan. Balxi gumbazda xona devorlarining past boʻlishi va gumbazning birinchi qator gʻishti xona ichiga surib terilishi binoning mustahkamligini oshirgan. Gumbazning ogʻmaligi har bir burchakdan boshlab qoʻyilgan gʻishtning ogʻmaligiga bogʻliq boʻlgan. Devor burchaklariga qoʻyiladigan «neshburik» yoki «gʻoz» gʻishtlari pona shaklida yoʻnaladi.

Poʻlat Zohidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x