BALXASH — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. BalxashOlakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km2, ozayganda 17 ming km2 boʻladi. Uz. 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. Balxash shim.sharqdan jan.-gʻarbga qarab yarim oy shaklida choʻzilgan. Suv hajmi 112 km3. Havzasining mayd. 501 ming km2. Oʻrtacha chuq. 6 m, eng chuqur joyi 26,3 m, eng sayoz joyi 2 m. Suvi deyarli chuchuk, sharqiy qismida shoʻrroq (5,21 g/l). Balxashda orol kam, ulardan eng yiriklari: Bosorol va Tosorol. Balxash suvni asosan daryolardan oladi: jan. dan Ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsa, shim. dan Ayagʻuz daryolari quyiladi. Ili daryosi suvi koʻlga quyiladigan umumiy suv hajmining 75 — 80%ini tashkil qiladi. Balxashning gʻarbiy va shim. qirgʻoqlari paleozoy jinslaridan tuzilgan, sharqiy va jan. qirgʻoqlari qumli pasttekislikdan iborat. Qirgʻoq chizigʻi ancha notekis. Koʻl sathiga yiliga 120 mm yogʻin tushib, 950 — 1200 mm bugʻlanadi. Suvning t-rasi dek. da 0°, iyulda 28ʻ. Shamollar koʻl suvini kuchli toʻlqinlantirib turadi. Koʻl noyabrdan apr. ning yarmigacha muzlaydi. Suv sathining oʻzgarish yillik amplitudasi qariyb 3 m. Sariesik ya. o. kulni gidrologik jihatdan keskin farq qiluvchi ikki qism — gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Suvi loyqa. Sudak, sazan, qorabaliq, olabugʻa baliqlari ovlanadi. Suv parrandasi koʻp. Balxashda kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Buril-boytol, Boʻrlituba. Shim. sohilidagi Balxash sh. da kon metallurgiya kti bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые