BALLISTIK TRAYEKTORIYA

BALLISTIK TRAYEKTORIYA — aerodinamik koʻtarish kuchidan xoli boʻlgan jismning harakat yoʻnalishi. Yer atmosferasi chegarasida harakatlanayotgan ballistik raketalar atmosferaning qalin qatlamiga kichik ataka burchagi bilan kirayotganligi tufayli koʻtarish kuchi boshqa kuchlar (jumladan, raketaning ogʻirlik kuchi)ga nisbatan hisobga olmaslik darajasida kichik boʻlganligidan ular amalda Ballistik trayektoriya boʻyicha harakatlanadi. Raketalar va kosmik apparatlar (KA) ning atmosferadan tashqaridagi harakati har doim Ballistik trayektoriya boʻyicha amalga oshadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x