BALLISTIK RAKETA — dvigateli toʻxtagandan soʻng ballistik trayektoriya (erkin otilgan jism trayektoriyasi) boʻylab uchadigan raketa. Aerodinamik koʻtarish kuchi hosil qiluvchi sirtning yoʻqligi bilan qanotli raketadan farq qiladi. Aerodinamik barqarorlik hosil qilish uchun Ballistik raketa, baʼzan, muvozanatlashtiruvchi moslamalar bilan taʼminlanadi. Turli tipdagi jangovar raketalar (qitalararo raketalar ham), eltuvchi va kosmik raketalar Ballistik raketa jumlasiga kiradi (q. Boshqariladigan ballistik raketa).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые