BALIQCHILIK ASBOBLARI

BALIQCHILIK ASBOBLARIbaliq ovlashda ishlatiladigan asbobuskunalar. Baliq ovlash usuliga qarab suzib oladigan, ilin-tiradigan, tuzoq va qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblari boʻladi. Suzib oladigan Baliqchilik asboblari bilan baliq suv havzalarida suzib ovlanadi. Bu xildagi Baliqchilik asboblariga nevodlar, dengiz loyqalatgichi, xalta toʻr, yoyma toʻr, koʻtarma toʻr va b. kiradi. Ilintiradigan Baliqchilik asboblariga ingichka ipdan toʻqilgan toʻrlar kiradi. Ular ham oʻrnatib qoʻyiladigan va suziladigan xillariga boʻlinadi. Oʻrnatib quyiladigan turlar suv havzasining maʼlum bir yeriga qoziqlar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Suziladigan xillarining bir uchi qayiq yoki kemaga biriktirilib, ikkinchi uchi suv oqimiga yoki shamol yoʻnalishiga qarab sudraladi. Oʻrnatiladigan toʻrning uz. 150 m, suzadigani 30 — 35 m, eni 18 m. Tuzoq tipidagi Baliqchilik asboblariga venter, mereja (gardishga tortilgan toʻr) tipidagi suvga qoʻyiladigan turlar kiradi. Ularning ichiga baliq kiradi, lekin qaytib chiqolmaydi. Bu xildagi tuzoqlar ilgari qamish, novda va b. materiallardan toʻqilardi. Hozir faqat toʻrdan qilinadi. Qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblariga turli xildagi qarmoqlar kiradi. Bu xildagi Baliqchilik asboblarini havaskorlar va baliq ovlash xoʻjaliklari ishlatishadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x