BALIQCHI QOʻLTIGʻI

BALIQCHI QOʻLTIGʻI (Ribaskiy qoʻltigʻi) — Orol dengizining jan. dagi 1979-y. gacha boʻlgan qoʻltiq. Gʻarbda Moʻynoq ya. o. va sharqda Amudaryo (Okdaryo) ning dengizga quyilgan joyidagi chiqiq b-n chegaradosh. Baliqchi qoʻltigʻi jan. da Baliqchi suv havzasi bunyod etilgan. U Oqdaryo, Madalioʻzak, Toldiq kanallari suvlari hisobiga toʻyinadi. Baliqchi suv havzasining chuq. 0,5 — 2 m, baliqchilikda foydalaniladi. Baliqchi qoʻltigʻining qolgan qismi zol qumlari (barxan, doʻng qumlar) va qoldiq shoʻrxoklar bilan qoplangan. Shoʻra, yulgʻun, qorabaroq, shoʻrxoklarda qorasaksovul, siyrak holda cherkez oʻsadi. Baliqchi qoʻltigʻining qum bosgan qismida shamolda qum koʻchishini kamaytirish maqsadida galofit va kserofit ihotazorlari barpo qilinmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x