BALCHIQLI VULKANLAR

BALCHIQLI VULKANLAR — doimiy yoki vaqt-vaqti bilan Yer yuzasiga koʻpincha suv va neft aralash holda balchiq massalari va gazning otilib chiqishidan hosil boʻladigan turli shakldagi geologik tuzilma. Bu suyuqliklar vulkan konuslarining yon bagʻrida asta-sekin qotadi; uz. 10 — 20 km, qalinligi 5 — 30 m, kengligi bir necha yuz m. gacha boʻladi. Asosan neftli va vulkanli joylarda uchraydi. Balchiqli vulkanlardan metan, is gazi, karbonat angidrid, azot va b. gazlar chiqib turadi. Ozarbayjon, Turkmaniston, RF (Kubanda, Taman, Kerch, Kamchatka ya. o. lari) hamda Italiya, Islandiya, Markaziy Amerika va b. joylarda Balchiqli vulkanlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x