BALASHEV Nikolay Nikolayevich

BALASHEV Nikolay Nikolayevich (1902, Xabarovsk sh. – 1977.25.9, Toshkent) — agronom olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1962), q. x. fanlari dri (1952), prof. (1952). Oʻrta Osiyo davlat untining q. x. ftini bitirgan (1923). 1930 — 41 y. larda Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida dotsent, dekan, ayni paytda Oʻzbekiston q. x. tajriba st-yasida (1925 — 35), Oʻzbekiston sabzavotchilik, kartoshkachilik tajriba st-yasida boʻlim boshligʻi (1935 — 41; 1944 — 46). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida sabzavotchilik kafedrasi mudiri (1946 — 77). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda kartoshka va sabzavot ekinlari agrotexnikasi, urugʻchiligining amaliy va nazariy masalalariga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x