BALAPANTOV — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Tomditovning sharqiy qismi. Mutlaq bal. 493 m. Shim. da Shoʻshaqtov togʻlaridan tektonik botiq orqali ajralgan. Sharqiy va jan. etaklari Yomonqum choʻliga tutash. Balapantov karbon davrining slanes va konglomeratlaridan tarkib topgan, yon bagʻirlari yassi. B. ning suvayirgʻich qismi yassi tekislik, jan. yon bagʻri tik. Jan. yon bagʻridagi soylar u qadar chuqur emas, vodiylari ancha keng, soylar slanes sharchalari bilan qoplangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые