BALANSOMER

BALANSOMER — yer sirti yoki atmosferadagi istalgan nuqtaning radiatsiya (nur) balansini (yutilgan radiatsiya bilan qaytgan radiatsiya orasidagi farqni) oʻlchaydigan asbob. B. ning koʻp xillari bor. Lekin termoelektrik Balansomer koʻproq ishlatiladi. Uning asosiy ish qismi qoraytirilgan ikkita mis plastinkadan iborat. Ulardan biri Quyosh va atmosferaning yuqori qatlamlaridan keladigan radiatsiyani, ikkinchisi yer sirtidan qaytgan va atmosferaning past qatlamlaridan keladigan radiatsiyani qabul qiladi. Plastinkalar t-ralari farqiga qarab radiatsiya balansi aniqlanadi. Oʻzbekistonlik olimlar M. Lyutershteyn va T. Skvorsovlar birinchi boʻlib (1930-y.) Toshkentda oʻzlari ixtiro qilgan Balansomer yordamida yer sirtining radiatsiya balansini uzluksiz yozib borish usulini ishlab chiqishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x