BALANDLIK — 1) geometrik shakl (figura)ning berilgan toʻgʻri chiziqli yoki tekis asosiga nisbatan: shakl nuqtalaridan asosiga tushirilgan perpendikulyar (tikchiziq)larning eng kattasi;
2) fazoviy shaklning chegaraviy nuqtalaridan asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyarlarning eng kattasi.